Shohin (taxallusi; asl ismi Shamsiddin) (1859, Buxoro — 1894, Qarshi) — fors shoiri. Buxorodagi Shodimbiy madrasasida tahsil olgan. Jami 12500 misradan iborat sheʼriy merosi bizgacha yetib kelgan. Ular 164 gʻazal, 58 qasida, 4 muxammas, 3 musaddas, 27 ruboiy, 5 hajviy qasida, 2 tarjeʼband, 1 fard, "Layli va Majnun" dostoni va Saʼdiyning "Boʻston"i yoʻlida yozilgan "Tuhfai doʻston" ("Doʻstlar tuhfasi", 1890) pandnoma asarini oʻz ichiga oladi. Shuningdek, "Badoyeʼ ussanoyeʼ" ("Badiiy sanʼatlar") nomli nasriy asari mavjud. "Layli va Majnun" dostoni Xusrav Dehlaviy va Nizomiy Ganjaviylarning shu nomli dostonlariga nazira sifatida yozilgan boʻlsada, doston syujetida oʻziga xosliklar ham mavjud boʻlib, u oʻz davri voqealarini keng yoritgan.

Manbalar Buxoriylar boʻstoni, T., 1998.

Adabiyot Mirzozoda X.M., Shamsiddin Shohin, Samarqand, 1956.

Turkum:1859-yilda tugʻilganlar Turkum:Buxoroda tugʻilganlar Turkum:1894-yilda vafot etganlar Turkum:Qarshida vafot etganlar Turkum:Alifbo boʻyicha yozuvchilar Turkum:Alifbo boʻyicha shoirlar Turkum:Tojik shoirlari Turkum:Buxoro madrasalarida tahsil olganlar Turkum:Shodimbiy madrasasida tahsil olganlar Turkum:Buxoro amirligi shoirlari Turkum:Buxoro amirligi adiblari