thumb| Unitar davlat — davlat tuzilishi shakli; bunda davlat hududi tarkibida, federatsiyadan farqli ravishda, federativ birliklar (shtatlar, yerlar) boʻlmaydi, balki u maʼmuriy-hududiy birliklar (tumanlar, viloyatlar, kantonlar va hokazo)ga boʻlingan boʻladi. Mazkur mustaqil qismlar davlat suvereniteta alomatlariga ega emas. Bunday davlatda oliy organlarning yagona tizimi hamda yagona qonunchilik (Konstitutsiya, fuqarolik, oliy davlat xrkimiyati) boʻladi. Barcha unitar davlatlarga xos boʻlgan markazlashtirish turli shakllarda va turli darajada namoyon bulishi mumkin. Baʼzi mamlakatlarda mahalliy organlar umuman boʻlmaydi va maʼmuriy-hududiy boʻlinmalar markaziy hokimiyat vakillari tomonidan boshqariladi. Boshqa davlatlarda mahalliy organlar tashkil etiladi-yu, lekin ular (bevosita yoki bilvosita) markaziy hokimiyat nazorati ostida boʻladi. Markaziy hokimiyat mahalliy organlar ustidan nazoratning qanday turini amalga oshirishiga qarab, Unitar davlatlar markazlashgan va markazlashmaganga boʻlinadi. Markazlashgan Unitar davlatda mahalliy organlarning markazga boʻysunishi markazdan tayinlanadigan mansabdor shaxslar orqali amalga oshiriladi. Markazlashmagan Unitar davlatda mahalliy organlar markaziy organlardan mustaqil ravishda shakllantiriladi, shuning uchun ular oʻrtasidagi huquqiy munosabatlar markazlashmagan asoslarda oʻrnatiladi. Unitar davlat tarkibida davlat belgilari mavjud milliy hududiy tuzilmalar ham boʻlishi mumkin, masalan, muxtor viloyat, muxtor respublika. Oʻzbekiston unitar davlat hisoblanadi.
Unitar respublikalar va unitar qirolliklar roʻyxati AQSH
Yana qarang Federatsiya
Manbalar