Sigrid Undset (1882-yil 20-may - 1949-yil 10-iyun) - Daniyada tugʻilgan norvegiyalik yozuvchi. 1928-yilda adabiyot boʻyicha Nobel mukofotiga sazovor boʻlgan.
Daniyada tavallud topgan, Norvegiyada ulgʻaygan Undset oʻzining birinchi tarixiy fantastika kitoblarini 1907-yilda nashr etgan. 1940-yilda fashistlar Germaniyasiga qarshiligi, Germaniyaning Norvegiyaga bostirib kirishi hamda bosib olinishi tufayli Norvegiyadan Qoʻshma Shtatlarga qochib ketgan. Ammo 1945-yilda Ikkinchi Jahon urushi tugaganidan soʻng vataniga qaytib kelgan.
Hayoti
Sigrid Undset 1882-yil 20-mayda Kalundborg (Daniya) kichik shaharchasida onasi Sharlotta Undsetning (1855–1939) qizlik uyida tavallud topgan. Uning ikki singlisi bor edi. Ikki yoshida oilasi bilan Norvegiyaga koʻchib oʻtdi.
Undset Norvegiya poytaxti Osloda (1925-yilgacha ma'lum boʻlgan Kristianiyada) ulgʻaygan. U bor-yoʻgʻi 11 yoshligida, otasi, norvegiyalik arxeolog Ingvald Martin Undset (1853–1893) uzoq davom etgan kasallikdan soʻng 40 yoshida vafot etdi.
Oilasining iqtisodiy ahvoli sababli Undset universitetda ta'lim olishdan umidini uzishga toʻgʻri keldi va bir yillik kotiblik kursidan soʻng, 16 yoshida Kristianiyadagi muhandislik kompaniyasida kotib boʻlib ishga kirdi. U yerda 10 yilga yaqin faoliyat yuritdi.
1907-yilda Norvegiya Mualliflar uyushmasiga a'zo boʻlgan va 1933-yildan 1935-yilgacha uning Adabiy kengashini boshqargan. 1935-yildan 1940-yilgacha ittifoq raisi sifatida faoliyat koʻrsatgan.
Manbalar
Turkum:Alifbo boʻyicha shoirlar Turkum:Adiblar Turkum:1882-yilda tugʻilganlar Turkum:1949-yilda vafot etganlar Turkum:20-mayda tugʻilganlar Turkum:10-iyunda vafot etganlar Turkum:Ayollar Nobel mukofoti laureatlari