Shafoat Rahmatullayeva (1941-yil 4-yanvar, Qoʻqon – 2024-yil 24-dekabr) – oʻzbekistonlik teatr va kino aktrisasi. Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan artist (1980), Oʻzbekiston xalq artisti (1992).

Hayoti Shafoat Rahmatullayeva 1941-yil 4-yanvarda Furqat tumanida tugʻilgan. Otasi Muqaddasxon kolxoz raisi boʻlgan boʻlib, uning toʻrt qizi boʻlgan. Dastlab, u Pedagogika texnikumida oʻqigan va u yerdagi teatr aktyorlari drama toʻgaragi sabab aktrisa boʻlishga qiziqib qolgan. Lekin otasi bunga qarshilik qilgan. Shu vaqtlarda „Maftuningman“ filmiga kasting boʻlgan va u kastingdan muvaffaqiyatli oʻtib, Sayyora roliga tasdiqlangan. Buni ota-onasiga oʻzi aytolmagan. Oʻqituvchisi bu haqida otasiga aytgan, lekin u yana qarshilik qilgan. Soʻng otasining fikri oʻzgarib, bungan rozilik bergan:Faqat bir shart bilan rozilik beraman. Televizor va radioga chiqadigan, xalq tan oladigan artist boʻling. Etagini boshiga qoplab, toʻyma-toʻy yuradigan artist boʻlsangiz, rozi emasman.Otasi rozi boʻlganidan keyin Toshkent davlat teatr va rassomchilik institutida oʻqishni boshlagan. 1965-yil oʻqishni tugatib, Sirdaryo teatrida oʻz faoliyatini boshlagan. Qoʻqon teatrining aktrisasi (1963—1965; 1971—1975; 2000-yildan), 1965—1971-yillar Jizzax, 1975—2000-yillar Sirdaryo teatrlarida aktrisa boʻlib faoliyat yuritgan. Rahmatullayeva keng diapazonli aktrisa boʻlib, musiqiy va dramatik hamda komediya, tragediya janrlaridagi spektakllarda ijod qilib keladi: Maysara (Hamza, „Maysaraning ishi“), Narzi (3. Fatxullin, „Vatan ishqi“), Poshsha xola, Zebo (M. Boboyev, „Qaydasan, jon bolam“, „Yer tomiri“), Gonorelya (U. Shekspir, „Qirol Lir“), Zuhra (Abdulla Qahhor, „Ogʻriq tishlar“), Jurden xonim (Molyer, „Soxta oqsuyak“), Tosh xola (J. Mahmudov, „Ayollar faryodi“), Maʼmura kampir (Jan Sarron, „Maʼmura kampir“) kabi rollari bilan tanildi. 1995-yil Poshsha xola va Maʼmura kampir rollari uchun yilning „Eng yaxshi ayol roli“ sovrini bilan taqdirlandi. U filmlardagi birinchi rolini „Masxaraboz“ filmida ijro etgan. Lekin uning xalq orasida tanilishiga „Sevginator“ filmidagi ijarachi xola roli sabab boʻlgan.

Shafoat Rahmatullayeva 2024-yil 24-dekabrda vafot etgan.

Shaxsiy hayoti Shafoat Rahmatullayeva Sirdaryo teatrida ishlab yurganida samarqandlik Erkin Qosimov degan akkordeonchi yigit bilan tanishib qolgan. Ular turmush qurishgan, lekin ularning farzandi chaqaloqlik paytida vafot etgan. 8 yildan soʻng ham farzandli boʻlishmagan va Shafoat Rahmatullayeva oʻz xohishi bilan ajrashgan.

Filmografiyasi +YilNomiRolIzoh1994MasxarabozEpizod1996Mehrobdan chayon1997PiyodaMomo2005Orzu ortidaBuvi2006ChashmaBuviOsmon yaqinEpizod2007Sevginator"Anakonda" xola2009Oʻzimdan oʻzimgacha2010Sevginator 2Bosh rol2011Er bermoq – jon bermoqFolbinHi-Fi bolakayFidoyilar2013Poyga2014Sehrli qalpoqcha 2Robiya, Xoshimjonning buvisiBosh rol2015Maftuningman2016ZurriyodBosh rol2017Maftuningman 2Josus kampir 007Bosh rol2019Elparvar2023Hokim buvaSerial

Mukofotlari

Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan artist (1980) Oʻzbekiston xalq artisti (1992);

Manbalar

Havolalar

Turkum:1941-yilda tugʻilganlar Turkum:4-yanvarda tugʻilganlar Turkum:Oʻzbekistonlik aktrisalar Turkum:Oʻzbekiston xalq artistlari