Baxrom Rahmonov (1915-yil, 5-may — Toshkent — 1961-yil, 4-may) — dramaturg, publitsist. Toshkent davlat yuridik universitetini tugatgan (1936). Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligida (1946—1948) va „Qizil Oʻzbekiston“ gaz. boʻlim mudiri, muharrir oʻrinbosari (1948—1950). Oʻzbekiston KP MKda boʻlim mudiri (1950—1952). Oʻzbekiston Madaniyat vazirligi Sanʼat ishlari boshqarmasi boshligʻi (1953—1955). Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi kotibi (1958—1961). „Yurak sirlari“ (1953) komediyasi, „Surmaxon“ dramasi (1955), „Bir toʻy mojarasi“ (1956, hamkorlikda), „Soʻnggi nusxalar“ (1959—1960), „Qilmishqidirmish“ (1960—1961) kabi koʻp pardali hamda „Oʻzi boshqayu, soʻzi boshqa“ (1955), „Hasad va muhabbat“ (1957), „Xoʻjayin koʻchdi“ (1958) singari bir pardali komediyalar muallifi. „Mardlar qissasi“ dramasi (1958) fuqarolar urushi voqealariga bagʻishlanganOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar

Turkum:1915-yilda tugʻilganlar Turkum:5-aprelda vafot etganlar Turkum:1961-yilda vafot etganlar