Jawaharlal Nehru (; 1885-yil 14-noyabr, Ollohobod — 1964-yil 27-may, Dehli) — Hindiston davlat, siyosiy va jamoat arbobi.
Milliy ozodlik kurashida Mahatma Gandining safdoshi, Hindiston Milliy Kongressi (HMK) rahbarlaridan biri. Mustamlaka davrida (1947-yilgacha) taʼqib qilingan. 10 yildan ortiq umri qamoqda oʻtgan. Tarixda „Yangi Hindiston bunyodkori“ nomi bilan mashhur. N. 1947-yil 15 avgda Dehlidagi mashhur Nal Qalʼada Hindiston milliy mustaqillikni qoʻlga kiritganligini eʼlon qilgan. Hindiston Res-publikasi bosh vaziri va tashqi ishlar vaziri (1947-yildan). N. rahbarligida Hindiston xalq xoʻjaligi, fan va madaniyatning rivojida katta muvaffaqiyatlarga erishgan. N. Hindistonning tashqi siyosati asoslarini yaratdi, xalqaro chigal masalalarni hal etishda jonbozlik koʻrsatdi. Uning mustamlakachilik, irkchillikka karshi izchil kurashi, yoppasiga qurollanishga chek qoʻyish, xalqlar oʻrtasida tenglik, doʻstlik, hamkorlik siyosati xalqaro maydonda Hindiston nufuzini oshirdi. Neru 1961-yilda qoʻshilmaslik siyosatini yaratdi. 1947-yilda harbiy bloklarga qoʻshilmagan mamlakat birgina Hindiston hisoblangan boʻlsa, hozirgi qoʻshilmaslik harakatida 120 dan ortiq Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi va Yevropa mamlakatlari ishtirok etmoqda.
N. 1955 va 1961-yilda qizi Indira Gandi bilan Oʻzbekistonga tashrif buyurib, oʻzbek xalqining turmushi, hayoti, tarixi bilan yaqindan tanishgan. N. "Hindistonning kashf etilishi" asarida yurtdoshimiz Bobur va uning nabirasi Akbar haqida bunday deydi:
Manbalar
Havolalar
Turkum:14-noyabrda tugʻilganlar Turkum:1889-yilda tugʻilganlar Turkum:27-mayda vafot etganlar Turkum:1964-yilda vafot etganlar