Naxichevan, Naxichevan Muxtor Respublikasi (1920-1923-yillarda — Naxichevan Sovet Sotsialistik Respublikasi, 1923-1924-yillarda — Naxichevan Avtonom Viloyati, 1924-1990-yillarda — Naxichevan Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi, 1990-yildan boshlab hozirgi vaqtgacha Naxichevan Avtonom Respublikasi) — Ozarbayjon Respublikasi tarkibidagi avtonom mamlakat. Shimol va Sharqdan Armaniston Respublikasi bilan chegaradosh (chegara chizigʻi uzunligi 246 km ni tashkil qiladi), Gʻarbda Turkiya Respublikasi (chegara chizigʻi uzunligi 15 km ni tashkil qiladi) Janubdan esa Eron Islom Respublikasi bilan chegaradosh (chegara chizigʻi uzunligi 204 km ni tashkil qiladi).

Naxichevan Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi 1924-yilning 9 fevralida tashkil etilgan. Naxichevan ARning Armaniston bilan tabiiy chegaralarini Zangezur va Daralayaz tizmasining suv soʻqmoqlari tashkil etadi, Turkiya va Eron bilan chegaralarni esa Araz daryosi tashkil etadi. Shimoli — gʻarbiy hududi Janubi — sharqqa 158 km masofaga choʻzilgan. Naxichevan Avtonom Respublikasining eng shimoliy nuqtasi — Saraybulag tizmasining Sharur tumani hududidagi Kyormulu togʻidir (2064 m), eng janubiy nuqtasi esa — bu Araz stansiyasi. Shimoldan janubga boʻlgan eng katta masofa 75 kilometrga teng.

Qadimgi Ozarbayjon yerlari boʻlgan Zangezur, 1920-yilda sovet rahbarlari tomonidan Armanistonga berib yuborildi va buning natijasida Araz daryosiga choʻzilgan 44-45 kilometr kenglikdagi chiziq Naxichevan Avtonom Respulikasini Ozarbayjon Respublikasining boshqa hududlaridan ajratib qoʻydi. 1924-yilda Naxichevan ASSRda 3 uyezd va 12 okrug shakllantirildi, 1925-yilda uyezdlar tarqatilib, okruglar soni 8 gacha kamaytirildi: Bash Norashen, Givrag, Tumbul, Abragunis, Narimanov, Djulfa, Paraga va Ordubad okruglari. 1930-yilning birinchi yarimida Shaxbuz tumanini qoʻshilishi bilan Sharur, Naxichevan, Djulfa, Ordubad va Abragunis tumanlari tashkil topdi. 1948-yilda Abragunis tumanini tumanini Djulfa tumani bilan birlashtirilganidan soʻng, Naxichevan ASSR besh maʼmuriy tumanlarga boʻlindi: (Naxichevan (1978-yildan boshlab Babek), Sharur, Shahbuz, Djulfa va Ordubad). 1990-yilning 28 avgustida Ozarbayjon Oliy Soveti buyrugʻiga binoan, Turkiya bilan chegaradosh hududni ijtimoiy — iqtisodi rivojlanishini tezlashtirish va kuchaytirish maqsadida, hamda, hududning geostrategik holatini nazarda tutgan holda, Sadarak qishlogʻi va uning atrofidagi hududlar asosida Sadarak tumani tashkil etildi. 2013-yilda Babek va Sharura tumanlarining ayrim qishloqlari hisobiga Kangarli tumani tashkil etildi.

1929-yilning 18 fevralida Kavkaz orti Markaziy Saylov Qoʻmitasi totalitar maʼmuriy boshqaruv sharoitida, Naxichevan ASSRning olti qishlogʻi — Sharur okrugining Gurduglag, Shahbuz tumaning Xachik, Goradiz, Ogbin, Sultanbek, Aghchen, Almali Itgiran qishloqlari, Ordubad okrugining Gorchevan qishlogʻi, shuningdek, Kilit qishloqlarini, hududlarning ayrim qismlari va ekin yerlarini Armaniston SSRi bilan birlashtirish toʻgʻrisidagi qarorni qabul qildi. Kavkaz orti Markaziy Saylov Qoʻmitasi Naxichevan chegaralari masalasini Moskva bitimi (1921) va Gar bitimini (1921) imzolagan tomonlarning ishtirokisiz koʻrib chiqib, Naxichevan hududining bir qismini Armanistonga berib yubordi va bu bilan xalqaro huquq normalarini qoʻpol ravishda buzgan.

2014-yilning 1 yanvarida Avtonom Respublikasi holatidan kelib chiqib, maʼmuriy sabablarga koʻra toʻrt tuman va Naxichevan shahri maʼmuriy hududiy okruglarga boʻlindi; ushbu maʼmuriy birliklarda 5 shahar (Naxichevan, Ordubad, Djulfa, Sharur va Shazbuz), 8 shahar tipidagi qishloqlar, 206 qishloq va 219 aholi yashash punktlari joylashgan. Avtonom Respublikasining Maʼmuriy markazi qadimiy shahar Naxichevan hisoblanadi.

Boshqaruv tuzilmasi 300px|right|thumb|Naxichevan AR tumanlari Naxichevan Avtonom Respublikasi bu Ozarbayjon Respublikasidagi avtonom davlat. 1995-yilning 12 noyabridagi referendum bilan qabul qilingan Ozarbayjon Respublikasi Konstitutsiyasiga asosan, Naxichevan Avtonom Respublikasi Ozarbayjon Respublikasining ajralmas qismi hisoblanib uning maqomini ushbu Konstitutsiya belgilab berdi.

Naxichevan ARning boshqarish qoidalari, boshqaruvni boʻlish va boshqa muhim masalalar Naxichevan AR Konstitutsiyasi bilan tartibga solinadi. Ushbu Konstitutsiya Ozarbayjon Respublikasi Konstitutsiyasi Qonunlari shaklida qabul qilingan. Naxichevan ARning soʻnggi Konstitutsiyasi 29.12.1998-yilda qabul qilingan.

Naxichevan ARning qonunchilik boshqaruvini Naxichevan ARning parlamenti — Naxichevan AR Oliy Majlisi amalga oshiradi, ijroiya boshqaruvini esa Naxichevan AR Vazirlar Mahkamasi amalga oshiradi, sud boshqaruvini esa — Avtonom Respublika sudlari amalga oshiradi.

Konstitusiyaga binoan, Naxichevan AR Oliy Majlisi raisi avtonom respublikasining yuqori mansabdor shaxsi hisoblanadi. U Oliy Majlis tomonidan saylanadi. Naxichevan AR Oliy Majlisi tarkibiga 45 deputat kiradi. Shahar va tumanning hududiy birlashmalari ijroiya hukumat tomonidan boshqariladi. Ijroiya hukumat boshliqlari Naxichevan AR Oliy Majlisi raisi tomonidan tavsiya etiladi va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi. Naxichevan AR da mahalliy boshqaruv organlari — munitsipalitetlar amal qiladi. Xaritadagi joyi.TumanMarkazMaʼmuriy birlikHududi (km²)Aholisi (2015-yilning 1 yanvariga taxminiy rasmiy aholi)Izoh1Babek tumaniBabekTuman828,4272,3Tuman avval Naxichevan deb nomlangan, xurramchi Babek nomiga atab 1991-yilda uning nomi Babek deb qayta nomlandi2Djulfa tumaniDjulfaTuman926,3045,100Ayrim manbalarda uni avval Djuga deb atashgan.3Kangarli tumaniGivragTuman704,8931,0002004-yilda Babek tumani hududining bir qismida tashkil etilgan.4Naxichevan shahriNaxichevan shahriShahar191,5790,3001991-yilda Babek tumanidan ajralib chiqdi5Ordubad tumaniOrdubadTuman978,9948,800Sovetlashtirish davrida Djulfadan ajralib chiqdi6Sadarak tumaniGeydarabadTuman163,7415,4001990-yilda Sharurdan ajralib chiqdi; armanilar okkupatsiyasida boʻlgan Karki qishlogʻi bu rayonga tegishli7Shaxbuz tumaniShaxbuzTuman836,5824,600Sovetlashtirish davrida Naxichevan (Babek) tumanidan ajralib chiqdi.8Sharur tumaniSharurTuman872,26112,300Sovet davrida Bash-Xorashen deb nomlangan, keyinchalik 1990-yilgacha Ilyich deb nomlangan (Vladimir Ilyich Leninga atab).Jami5502,75439,800

Tarix

Arxeologik tadqiqotlar Naxichevan AR hududida boy moddiy madaniy namunalarni aniqlanishi, bu yerda qadimiy tosh asridan boshlab odamlar yashaganligini va madaniyatlar oʻrtasida uzilmagan meros bogʻliqliklarini koʻrsatadi. Izlanishlar natijasida Naxichevanda odamlar 500-300 ming yil avval qoʻnim topganligi aniqlandi. 100-35 ming yil avval Mustye madaniyati davrida bu yerda ibtidoiy jamoa odamlari yashagan. Batabata yaylovlarida, Gazma gʻori, Naxichevan va Alindjachay vodiylarida, Ordubad tumani hududidagi Kilit gʻorida, Ilandagning Janubiy qiyaligi va boshqa yodgorliklarda tosh asri madaniyati qoldiqlari topildi. Arxeologik qazilmalar natijasida Gazma gʻorida asosan obsidiandan tayyorlangan chaqmoqtosh va Mustye davriga oid ish qurollari, ov paytida oʻldirilgan va boʻlingan hayvonlar qoldiqlari topildi. Kyultepa yashash joyi yaqinida Ashel madaniyati davriga oid qoʻl bolgʻasi topildi.

Naxichevan shahrining 8 kilometr shimoli — sharqiga, hozirgi Kyultepa va Sirab qishloqlari hududida Neolit (eramizdan avvalgi VII-VI mingyilliklar) davriga oid yashash joylari joylashgan. Naxichevanning Sadark, Shorsu, Yeni yol va Uchan Agilda Yangi Neolit yodgorliklari topilgan. Naxichevanda Neolit madaniyati asosida Eneolit davri madaniyati rivoj topdi va bu yerda mis metali ixtiro qilindi. I Kyultepa madaniyatining eng qadimgi bosqichida mis va margumishdan yasalgan turli xil ish qurollari va bezak namunalari topilgan. I Kyultepa yashash joylarining Eneolit plasti yuqori qatlamlarida toʻgʻri loyihali qurilma qoldiqlari topilgan, oʻrta qatlamlarida esa aylana simon va toʻgʻri, soʻnggi bosqichida esa yuqori qatlamlarida faqatgina toʻgʻri rejali qurilma qoldiqlari topilgan.

Eneolit davrining dehqonchilik va chorvachilik qabilalari Naxichevan va Arpachay vodiylarida qoʻnim topgan. Eneolit davriga taaluqli I Kyultapaning Ovchulartapa, Damlama, Xaladj va Sadarak yashash joylari oʻrganildi. Bu davrda Naxichevanda dehqonchilik va chorvachilik shuningdek, kulolchilik, etnografiya, toʻqimachilik va boshqa hunarmandchilik turlari rivojlangan. Arxeologik materiallar shuni koʻrsatadiki, butun Eneolit davri davomida Ozarbayjon va qadimgi Naxichevan aholisining Messopotamiya bilan aloqalari boʻlgan. 140px|left|thumb|Alban qiroli Djavanshirning bronza haykali Nazichevanda topilgan. VII asr(Asl nusxasi Sankt Peterburgning Ermitajida saqlanadi, nusxasi esa Bokudagi Ozarbayjon Tarixiy Muzeyida saqlanadi). Bronza asrida (eramizdan avvalgi IV-II mingyillikda) Naxichevan qabilalarining iqtisodiy, ommaviy madaniy hayot tarzida katta evolutsiya sodir boʻldi. Naxichevanda ham etnik jarayonlar sodir boʻlib, yirik qabilalarnining oʻzaro aloqalari paydo boʻldi. I va II Kyultapa, Maxta, Ovchulartapa va Kuri-Arazning boshqa madaniy yodgorliklarining arxeologik tekshiruvlari shuni koʻrsatadiki, eramizdan avvalgi IV mingyillikning ikkinchi yarmi va III mingyilligida Naxichevan qabilalari dehqonchilik, chorvachilik rivojining yangi pogʻonasiga chiqdi, texnik taraqqiyot kuchaydi, ish qurollarining turlari koʻpayib, sifati yaxshilandi. Bu davrda bronzani kashf etilishi katta ahamiyat kasb etdi.

Qulay holatda asosiy yoʻl kesishmalarida joylashgan yirik qabila birlashmarining markazlari Ozarbayjonni Yaqin Sharq mamlakatlari, shuningdek, Kavkazni bogʻladi, iqtisod, madaniyatini koʻtardi va natijada II mingyillikni boshlarida Naxichevanda ilk markaziy shaharlar tashkil topdi. II Kyultepa, Gyovurgala, Karabaglar, Oglangala, Plovtapa, Gazanchi markaziy shaharlarida arxeologik izlanishlar olib borildi. Bronza asrida oʻz yuqori sanʼati bilan Naxichevan Yaqin Sharq olamida shuhrat qozondi. Gamigaya tasviriy sanʼat yodgorliklari, boʻyoqlar bilan bezatilgam idishlar, bronza buyumlar va hokazo. Naxichevanni qadimgi qabilalarining hayot tarzi, diniy — mafkuraviy va falsafiy dunyo qarashini aks ettiradi.

Eramizdan avvalgi II mingyillik — I mingyillik boshlarida Naxichevan hududi tarixiy ommaviy — siyosiy voqealarga boy boʻldi. Bu davrda Ozarbayjon hududida Xodjali — Gedebek arxeologik madaniyatining shakllanish jarayoni oʻtdi. Naxichevan xududida bu madaniyatning yodgorliklari — I Kyultepa, Shaxtaxti, Kolani, Saridara, Xaggixlig, Bekaxmed, Garabulag, Zeyva va boshqalar topilgan. Ushbu yodgorliklarni oʻrganish Xodjali — Gedebek madaniyatini yaratgan qabilalar, qadimdan ushbu hududlarda yashagan aborigenlar boʻlgan.

Ilandagdagi Djulfa tumani hududida, eramizdan avvalgi 820-810 asrlarga taaluqli, oʻyib yozilgan qabr toshi topilgan. Bu qabr toshidan maʼlum boʻldiki, Urartu shohlari Ishpuini va uning oʻgʻli Minuani mamlakatni birga boshqargan davrida bu hududlarga hujm qilishgan. Bosqinchilarga qarshi kurashish maqsadida hududning qadimgi yashash joylarida ulkan qal’alar qurilgan (Oglangala, Galachig, Gyovurgala va hokazo).

Eramizdan avvalgi IX-VI asrlarda Ozarbayjondagi Naxichevan hududi ilk markazlashirilgan mamlakat Mann tarkibida bolgan, soʻng uning tarixiy va madaniy meʼrosi Midiya tarkibiga kirgan. Qazish ishlari natijasida topilgan materiallar Naxichevan hududi, shuningdek, Mann madaniyatiga taʼluqliligini koʻrsatadi. Midiya tarqalib ketganidan soʻng, Naxichevan Axamoniylar tarkibida boʻlgan, eramizdan avvalgi IV asrda esa Atropatenlar, eramizning III asridan esa — Sosoniylar imperiyasi tarkibiga kirgan.