Nasafiy, Abul Barakot Abdulloh ibn Ahmad ibn Mahmud an-Nasafiy (? —1310, Bagʻdod) – mufassir, muhaddis, fiqhshunos. Ustozi Muhammad ibn Abdusattor al-Kardariy boʻlgan. Nasafiy fiqhga doir koʻplab asarlar yozgan. Olimning „Kanz ud-daqoiq“ („Daqiq masalalar xazinasi“) asari ayniqsa mashhur. Unda musulmon huquqshunosligi asoslari, hanafiylik va shofiʼiylik mazhablarining oʻziga xos qiyosiy jihatlari aks etgan. Bu risola Nasrulloh ibn Muhammad ibn Jammod al-Irdi Kermoniy tomonidan fors tiliga tarjima qilingan. Nasafiyning „Madorik at-tanzil va haqoyiq at-taʼvil“ („Nozil qilingan Qurʼon maʼnolari va tafsir qilish haqiqatlari“) tafsir kitobi ham mashhur. Uni taʼlif etishda imom Zamaxshariyning „Kashshof“ tafsiridan foydalangan. Nasafiy tafsiri hozirgacha ulamolar va ilmi toliblar oʻrtasida shuhrat topib kelmoqda va undan islom oʻquv yurtlarida qoʻllanma sifatida foydalanilmoqda. Nasafiy hayotining soʻnggi yillarida Bagʻdodda mudarrislik qilgan. Nasafiy asarlari Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik institutining qoʻlyozmalar fondida, boshqa kitob xazinalarida saqlanmoqdaOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar

Turkum:Qarshida tugʻilganlar Turkum:1310-yilda vafot etganlar Turkum:Shayx ul-islomlar Turkum:Qurʼon tafsirchilari Turkum:Qurʼon tarjimonlari Turkum:Hanafiy fiqh ulamolari Turkum:Moturidiylar Turkum:Sunniy musulmon ulamolar Turkum:Oʻzbekiston tarixi Turkum:Tojikiston tarixi Turkum:Eron tarixi