Hamidulla Narimonov (1910-yil, 1-yanvar -Toshkent – 1982-yil, 4-iyun) – Oʻzbekiston xalq artisti (1967). Moskva oʻzbek drama studiyasini tugatgan (1930). Buxoro teatrida, 1933-yildan Hamza teatrida ishlagan. Narimonov ijodiga nuroniy, tabarruk, xalq hurmatini kozongan kishilar obrazi yakin boʻlib, aktyor ularni yorkin, ha-yotiy va ishonarli yaratishga intilgan. Asosiy rollari: teatrda – ijro etgan Yaichnitsa (N. Gogol, „Uylanish“), Madaminbek, Nurbobo (I. Sultan, „Burgutning parvozi“, „Nomaʼlum kishi“), Xolmat (Hamza, „Boy ila xizmatchi“), Xotam, Choʻli bobo (Uygʻun, „Qotil“, „Ibn Sino“), Shokir (Oybek, „Qutlugʻ qon“), Shayxulislom (M. Shayxzoda, „Mirzo Ulugʻbek“); kinoda – Hasanali („Utgan kunlar“), Yokub ota („Uzgalar tashvishida“) va boshqaOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Manbalar
Turkum:O‘zbekiston SSR xalq artistlari Turkum:1910-yilda tugʻilganlar Turkum:1982-yilda vafot etganlar Turkum:6-aprelda vafot etganlar Turkum:1-yanvarda tugʻilganlar