Asan Murtazayevich Murtazayev (1900.20.11, Yevpatoriya – 1983, Toshkent) — fizik kimyogar. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1961), kimyo fanlari doktori (1950), professor (1950), Oʻrta Osiyo universitetini tugatgan (1930). Oʻrta Osiyo geologiya-qidiruv instituti xodimi (1930–31), Oʻrta Osiyo universitetida dotsent (1936–42), Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika institutida (1937– 42), Toshkent farmatsevtika institutida (1943–77) kafedra mudiri. Ilmiy ishlari fizik kimyo va elektrokimyoga oid. Murtazayev rahbarligida metallangan grafit elektrodni potensiometrik titrlashda qoʻllash usuli ishlab chiqilgan"MURTAZAYEV Asan Murtazayevich" OʻzME. M-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Manbalar
Turkum:Kimyogarlar Turkum:Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arboblari Turkum:1900-yilda tugʻilganlar Turkum:1983-yilda vafot etganlar