thumb|250px|Muin xalfa bobo maqbarasi Muin xalfa bobo maqbarasi — Toshkentdagi meʼmoriy yodgorlik (XIX asr). Samarqandlik xalfa (quruvchi, usta) Muin oʻzi uchun qurdirgan. Makbara peshtoq gumbazli, bir xonali. Umumiy tarhi 5,48×6,16 m, goʻrxona murabba tarhli (3,05×3,05 m). Unda Muin buva va oʻgʻli Umarxon sagʻanasi saqlangan. Xonaga yorugʻlik gʻarbiy devoridagi panjara bilan bezatilgan tobadondan tushadi. Qurilishida silliqlangan pishiqgʻisht (24×25×3,5 sm) dan foydalanilgan.

Adabiyot Булатова В., Маньковская Л. Памятники зодчества Ташкента XIV—XIX вв., T., 1983.OʻzME.

Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston meʼmoriy yodgorliklari Turkum:Toshkent maqbaralari