Sergey Mixaylov (; 1976-yil 3-may, Oʻsh shahrida tugʻilgan) – oʻzbekistonlik bokschi, „Oʻzbekiston iftixori“ (2002), „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi“ (2000). Andijon shahar respublika olimpiya oʻrinbosarlari bilim yurtida oʻqigan (1989—92). Andijon universitetni tugatgan (2002). „Dinamo“ sport jami-yatining boks yoʻriqchisi (2003). Oʻzbekiston chempioni (1997—2001), 3 karra Osiyo chempioni (1997, Bangkok; 1999, Toshkent; 2002, Serembran), 2-marta Osiyo oʻyinlari gʻolibi (1998, Bangkok; 2002, Pusan), 2000-yil Sidney shahrida boʻlgan olimpiadada 81 kg vaznda bronza medalini qoʻlga kiritgan. Doʻstlik ordeni (2001) bilan mu-kofotlanganOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Biografiyasi 1976-yilda Oʻsh viloyatida (Qirgʻiziston SSR, SSSR) tugʻilgan. 13 yoshida Andijon Respublika olimpiya zaxiralari maktabida Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sport ustalari Aleksandr Razmaxov va Mars Qoʻchqorovlar qoʻl ostida boks bilan shugʻullana boshlagan.

Faoliyati 1997-yili Oʻzbekiston kubogi sohibi boʻlib, boks boʻyicha milliy terma jamoa tarkibiga kiritilgan. Shu yilning oʻzida Osiyo chempionati va Markaziy Osiyo oʻyinlarida gʻolib chiqgan.

1998-yilda Osiyo oʻyinlari chempioni boʻlgan. 1999-yilda yana Osiyo chempioni boʻlgan.

2000-yilgi Olimpiada natijalari

Klaudiu Raskoni (Ruminiya) 15:6 hisobida magʻlub etgan. Ali Ismoilovni (Ozarbayjon) 23:18 hisobida magʻlub etgan. Oljas Orazaliev (Qozogʻiston) magʻlub etgan. Aleksandr Lebziak (Rossiya) yutqazgan

U 201 funtgacha koʻtarildi va 2002-yilda Osiyo chempionligini qoʻlga kiritgan. 2002-yilda Osiyo oʻyinlarining oltin medalini qoʻlga kiritgan. 2003-yilgi jahon chempionatida u chorak finalda (30:35) Shteffen Kretschmanga yutqazgan.

Mukofotlar

Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi (2000) „Doʻstlik ordeni“ (2001) „Oʻzbekiston iftixori“ (2002)

Manbalar

Havolalar

Sergey Mixaylov 1998-yilgi Osiyo oʻyinlari Sergey Mixaylov 2002-yilgi Osiyo oʻyinlari Sergey Mixaylov Olimpiadada Sports-Reference.com saytida

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak bokschilar Turkum:Oʻzbekistonlik Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etgan bokschilar Turkum:Oʻzbekistonning Olimpiada oʻyinlarida bronza medali olgan sportchilari Turkum:Oʻzbekiston uchun Osiyo oʻyinlarida oltin medali sohiblari Turkum:Boks boʻyicha Osiyo Chempionlari