Valentina Stepanovna Mizyakova (1935-yil, 10-sentyabr, Volgograd viloyati — 2018) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1999). Stavropol pedagogika institutining biologiya fakultetini tugatgan (1965). 1946—78 yillarda Qorachoy-Cherkasiyada boshlangʻich sinf oʻqituvchisi. 1978-yildan Uch-quduq shahridagi 2maktabda, 1989-yildan 9maktabda biologiya oʻqituvchisi. M.ning oʻquvchilarni biologiya faniga boʻlgan qiziqishlarini oʻstirish, ularni onatabiatni sevishga oʻrgatish, biologiya fanini hayot bilan bogʻlab oʻqitish, taʼlim jarayonida ilgʻor pedagogik texnologi-yalardan samarali foydalanish sohasidagi tajribasi tuman va viloyat miqyosida keng ommalashtirilgan. Viloyatda eng yaxshi deb tan olingan biologiya kabi-netini jihozlagan. Maktabda bogʻ yaratgan va sinfda qishki paytda turli mevalar yetishtirishni yoʻlga qoʻygan. Sinfda 200 dan ortiq turli koʻrgazmali qurol va eksponat toʻplaganOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston Respublikasining xalq oʻqituvchilari Turkum:1935-yilda tugʻilganlar Turkum:9-oktabrda tugʻilganlar