Vasiliy Grigoryevich Larsev (1925.14.4, Qozogʻiston, Semipalatinsk viloyati Beshqayragʻoch tumani — 1989-yil, 9-dekabr, Samarqand), — adabiyotshunos. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1977). Filologiya fanlari doktori (1970), professor (1973). Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi (1943—45). Oʻzbekiston Davlat Universitetini tugatgan (1952). Shu universitetda fakultet dekani oʻrinbosari, dekani (1956—63), rus adabiyoti kafedrasi mudiri. Samarqanddagi rus adabiyotshunoslik maktabining asoschilaridan biri. Oʻzbek adabiyoti, adiblari va ularning rus yozuvchilari bilan oʻzaro aloqalari, adabiy taʼsiri masalalari haqida asarlar ("Zarafshon qoʻshiqlari", "Adabiy Samarqand", "Fan va oʻzbek poeziyasi" va boshqalar) yaratgan. "Bahorni qarshilab" (1982) sheʼrlar toʻplami nashr etilganOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar

Turkum:Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arboblari Turkum:Adabiyotshunoslar Turkum:Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari Turkum:1925-yilda tugʻilganlar Turkum:1989-yilda vafot etganlar Turkum:14-aprelda vafot etganlar