Laptevlar dengizi — Shimoliy Muz okeanining chekka dengizi. Joylashuvi Janubdan Osiyo qirgʻoqlari, gʻarbdan Taymir yarim oroli va Severnaya Zemlya orallari, sharqdan Novosibirsk orallari bilan oʻralgan. Boʻgʻozlar orqali gʻarbda Kara dengizi, sharqda Sharqiy Sibir dengizi bilan tutashgan. Tavsifi Maydoni . Dengizning oʻrtacha chuqurligi 50 m ni, maksimal chuqurligi esa 3385 m ni tashkil etadi. Yirik qoʻltiqlari: Xatanga Olenek Buor-Xaya Dengizning gʻarbiy qismida orollar koʻp. Dengizga Xatanga, Lena, Yana va boshqa daryolarning suvi quyiladi. Iqlimi Laptevlar dengizi iqlimi arktika iqlimi. Yanvardagi oʻrtacha harorat —31°, —34° (minimum harorat —50°), iyulniki 6—7° (maksimum harorat 24°) ni tashkil etadi. Yiliga 100 mm yogʻin tushadi. Dengiz yilning koʻp qismida muz bilan qoplangan holda yotadi. Hayvonot dunyosi Morj, dengiz quyoni, nerpa, baliq va boshqa jonivorlar yashaydi. Asosiy porti — Tiksi porti hisoblanadi. Dengiz Arktika tadqiqotchilari D.Ya. Laptev va X. P. Laptevlar nomiga shunday deb nomlangan"" OʻzME. L-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar

Turkum:Dengizlar