Charles Louis Alphonse Laveran (1845.18.6 - Parij -1922.18.5) — fransuz epidemiologi va mikrobiologi. Parij Fanlar akademiyasi (1901-yildan) va Fransiya tibbiyot akademik aʼzosi (1893-yildan). Parijdagi Paster institutida tropik kasalliklar laboratoriyani tashkil etgan (1907). 1880-yil bezgak qoʻzgʻatuvchisini kashf qilgan. Ilmiy ishlari protozoy kasalliklar (bezgak, leyshmanioz, triponosomoz va hokazo)ning etiologiyasi, profilaktikasi hamda harbiy gigiyena masalalariga bagʻishlangan. Nobel mukofoti laureati (1907)OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar

Turkum:Alifbo boʻyicha olimlar Turkum:Kimyogarlar Turkum:1845-yilda tugʻilganlar Turkum:18-iyunda tugʻilganlar Turkum:1922-yilda vafot etganlar Turkum:18-mayda vafot etganlar