Konibodom, Kandibodom (; ) — Tojikiston Respublikasi Sugʻd viloyatidagi shahar. Kand va bodom so'zlaridan yasalgan bo'lib, bodom qishlog'i degan ma'noni bildiradi.Fargʻona vodiysining gʻarbiy qismida joylashgan. Katta Fargʻona kanali boʻyida. Konibodom temir yoʻl stanyasidan 6 km. Aholisi 48 ming kishi (2013-yil). Konibodom 1463-yildan Qandi Bodom deb tilga olinadi. Baʼzi adabiyotlarga koʻra, Konibodom IX—X asrlardan maʼlum.

Ushbu shaharni Zahiruddin Muhammad Bobur o'z asarida (Boburnoma) shunday tavsiflaydi:

"Muning (Xo'jand) tavobidin Kandibodomdur. Agarchi qasaba emas, yaxshig'ina qasabachadur. Bodomi yaxshi bo'lur. Bu jihatdin bu ismg'a mavsumdur. Hurmuz va Hindustong'a tamom muning bodomi borur. Xo'janddin besh-olti yig'och sharq tarafidadur."

Sanoati Qishloq xoʻjaligi mashinasozligi, yengil (paxta tozalash, toʻqimachilik, tikuvchilik), oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Badiiy hunarmandchilikning qadimdan markazi. Teatr, tarix-oʻlkashunoslik muzeyi mavjud. XVI—XVII asrlarga mansub 2 Madrasa, anʼanaviy oʻymakorlik va kitobali (bezak yozuvli) masjidlar saqlangan.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar

Havolalar История Канибадама

Turkum:Tojikiston shaharlari Turkum:Oʻrta Osiyoning qadimiy shaharlari Turkum:Konibodom tumani aholi punktlari