Rahim Komiljonov (1926.5.5, Buxoro) — dirijyor. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1981). Toshkent konservatoriyasining xor dirijyorligi fakultetini tugatgan (1947). Buxoro teatrida dirijyor (1947—51), Samarqand (1951 — 63), Surxondaryo (1963-68), Qashqadaryo (1968-88) musiqali drama va komediya teatrlarida bosh dirijyor, 1988-yildan Qarshi sanʼat bilim yurtining dirijyorlik boʻlimida oʻqituvchi. Dirijyor sifatida turli spektakllarni boshqargan. "Xolisxon" (Hamza, 1951, Samarqand), "Oʻtgan kunlar" (Ismoilzoda, 1953) va boshqa musiqali dramalar, turli mavzudagi qoʻshiqlar ("Samarqanddan salom", "Surxondaryo", "Koʻzlaring" va boshqalar) muallifi.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar

Turkum:Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arboblari