Emmanuel Markelovich Kalontarov (1932-yil, 6-mart, Samarqand – 1984-yil, 8-may, Toshkent) – kino rassomi, Oʻzbekiston SSR xalq rassomi (1979). Respublika rassomlik bilim yurti (1953), Kinematografiya instituti (1959)ni tugatgan. 1959-yildan „Oʻzbekfilm“ kinostudiyasida rassom. Shuhrat Abbosovning „Sen yetim emassan“ (1962), „Toshkent – non shahri“ (1968), „Abu Rayhon Beruniy“ (1974), Ali Hamroyevning „Qoʻrquvsiz“ (1974), „Inson qushlar ortidan boradi“ (1976), Latif Fayziyev va O. Meyerning „Ali bobo va qirq qaroqchi sarguzashtlari“ (1978) filmlariga qogʻoz va kartonga koʻmir, akvarel, guash bilan ishlagan eskizlari film goyasini ochib berishga xizmat qilgani bilan diqqatga sazovor. „Abu Ali Ibn Sino“ (1979), „Uygʻonish“ va „Kelinlar qoʻzgʻoloni“ (1984) filmlariga ishlagan dekoratsiya eskizlari rassomning mahoratini ifodaladiOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Manbalar
Turkum:1932-yilda tugʻilganlar Turkum:3-iyunda tugʻilganlar Turkum:Samarqandda tugʻilganlar Turkum:1984-yilda vafot etganlar Turkum:5-avgustda vafot etganlar Turkum:Toshkentda vafot etganlar Turkum:Oʻzbekiston SSR xalq rassomlari