Ismoiliya — Misrning shim.shar-qidagi shahar, Ismoiliya kanali Timsoh koʻliga quyilgan joyda (bu kul orqali Suvaysh kanali oʻtgan). Ismoiliya muhofazasining maʼmuriy markazi. Aholisi 254, 5 ming kishi (1996). Temir yoʻl va avtomobil yoʻllari tuguni. Shahar aholisining koʻpchiligi kanal ishlarida band. Oziq-ovqat, kimyo, mashinasozlik sanoati, elektrotexnika, radiotexnika korxonalari bor. I. yaqinidan qurilish materiallari qazib olinadi. Shahar Suvaysh kanali qazilishi (1859—69) davrida barpo etilgan.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar
Turkum:Alifbo boʻyicha aholi punktlari Turkum:Misr shaharlari Turkum:Suvaysh kanali Turkum:Transkontinental shaharlar Turkum:Misrning metropolitan hududlari Turkum:Ismoiliya muhofazasi Turkum:1863-yilda Misr