Islomov Hojisiddiq (1893, hozirgi Fargʻona viloyati, Logʻon qishlogʻi — 1933, Toshkent) — ilk oʻzbek professional aktyorlaridan. Oʻzbek teatri aktyorlik sanʼatida komediya janrining rivojlanishiga samarali hissa qoʻshgan. Moskvadagi oʻzbek drama studiyasida tahsil olgan (1924-27). 1917-24-yillarda Hamza tuzgan Fargʻona oʻlka sayyor truppasida, 1927—33-yillarda Hamza teatrida aktyor. Oʻzbek xalqanʼanaviy teatrini zamonaviy teatr bilan bogʻlashga institutilgan, hajviy obrazlar yaratgan. Eng yaxshi rollari: domla ("Hujum"), tabib ("Halima"), domla ("Tuhmatchilar jazosi"), Pantalone ("Malikai Turandot"), Osip ("Revizor") va b. Xushovoz xonanda ham boʻlgan. Konsertlarda kulgili qoʻshiqlar aytgan, qiziqchilik qilgan, Mirshohid Miroqilov bilan hajviy duet yaratganOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar