Xotam Inogʻomov (1940.20.8, Toshkent tumani) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1995). Toshkent pedagogika institutini tugatgan (1968). 1962-yildan Toshkent tumanidagi 9-maktabda boshlangʻich sinf oʻqituvchisi, maktab direktori oʻrinbosari, 1983-yildan direktor. I. maktab moddiy-texnika ba-zasini mustahkamlash, sinf xonalari va fan kabinetlarini jihozlash, texnika vositalaridan unumli foydalanishga katta eʼtibor berdi. Oʻzi ona tili va adabiyotdan dars berib, zamonaviy adabiyot kabinetini tashkil etgan.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston Respublikasining xalq oʻqituvchilari