Xayri Izomov (1922.30.12, Buxoro) — kompozitor, dirijyor, sozanda (gʻijjak). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1974). Toshkent konser-vatoriyasini (1952) tugatgan. Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi (1942—45). Oʻzbekiston radiosida musiqa tahririyati mudiri, oʻzbek xalq cholgʻu asboblari orkestrida dirijyor (1950—55), Oʻzbekiston televideniyesi va radiosida bosh badiiy rahbar (1955—64), oʻzbek xalq cholgʻu asboblari orkestri dirijyori (1966-yildan). Afgʻoniston radiosida musiqa maslahatchisi (1964—66). Ijodida qoʻshiq janri asosiy oʻrin tutadi. "Toshkent osmoni", "Shonli elim", "Yangi Toshkent haqida qoʻshiq" kabi qoʻshiklari zamonaviy intonatsiya bilan boyitilgan. "Kim oʻzi", "Kimga aytay", "Koʻzi xumor" va hokazo lirik qoʻshiklari tanilgan. "Oʻzbekcha syuita" (1953), "Oʻzbekiston poemasi" (1953), "Oʻzbekiston quyoshi ostida" xoreografik syuitasi (1962), "Oʻzbekiston paxtasi" syuitasi (1961), dramatik spektakl, bolalar, qoʻgʻirchoq teatrlari spektakllariga musiqa, "Tokkata", "Noktyurn", "Musika javoni" kabi fortepiano asarlari muallifi. "El-yurt hurmati" ordeni bilan mukofotlangan (2000)OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Manbalar
Turkum:Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arboblari
Turkum:Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari Turkum:Bastakorlar Turkum:Oʻzbekistonlik kompozitorlar Turkum:Drijyorlar Turkum:Oʻzbekistonlik drijyorlar Turkum:Sozandalar Turkum:Oʻzbekistonlik sozandalar Turkum:1922-yilda tugʻilganlar Turkum:Buxoroda tugʻilganlar Turkum:Oʻzbekiston konservatoriyasi bitiruvchilari