Izboskan neft-gaz koni - Fargʻona vodiysining shim.sharqidagi Izboskan antiklinal burmasida joylashgan neft-gaz koni. Iz-boskan strukturasi 1933-yilda aniqlangan va tektonik jihatdan Moylisuv strukturalari guruhiga kiradi. Kon 1950-yil ishga tushirilgan. I.n.k.ning geologik tuzilishida paleozoy, yura, boʻr, paleogen va neogen yotqiziqlari ishtirok etgan. Gil, ohaktosh, qumtosh va alevrolitlardan iborat. Dastlabki kidiruv ishlari konda 1935-yilda boshlangan. 1945 yilda chuqur burgi quduklari qazilgan. Izboskan antiklinalining uz. 35 km, eni 7 km boʻlib, gʻarbdan sharqqa choʻzilgan yagona burmadan iborat; paleogen davri yotqiziqlari boʻyicha uz. 10,5 km, eni 1,8 km; shim. qanoti 30°, janubiy qanoti 20° enkaygan. Izboskan burmasini uzuna-siga 3 ta tektonik uzilma kesib oʻtgan. Uzilma tekisligi boʻyicha qatlamlar 13-va 18-gorizontida katta gaz uyumlari, paleogen davri yotqiziqlaridagi 3-, 5-, 7-, 8-, 9- gorizontlarida esa neft uyumlari topilgan. 8-gorizont eng mahsuldor. 2400 m chuqurlikda joylashgan. Paleogen davri yotqiziqlaridagi dastlabki burgʻi qudugʻidan (1950) sutkasiga 10 t, 1967 y.ga qadar esa 2644 ming t neft olingan. 1963 y. boʻr davri qatlamlaridan sutkasiga 1 mln. m3 gaz olina boshlagan. Neftning zichligi 0,864 g/sm3, oltingugurtning miqdori 0,33 %, aksiz qatroni 35 %, parafin 6 %. Gazning tarkibi metan (50 %), karbonat angidridi (12,6 %)dan iborat. Kondan ayni paytda oz miqdorda neft va gaz olinmoqdaOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston gaz konlari Turkum:Oʻzbekiston neft konlari Turkum:Andijon viloyati geografiyasi