Janubiy Olamushuk — Oʻzbekiston Respublikasi Andijon viloyati Jalolquduq tumanidagi shaharcha (1947 yildan). Tumanning shimolidagi adirda joylashgan. Yaqin temir yo'l stansiyasi – Gurunchmozordan 6 km. Aholisi 6,7 ming kishini tashkil etadi (2000), asosan oʻzbeklar. Janubiy Olamushuk 1943-yili neft konining topilishi munosabati bilan vujudga kelgan. Aholining koʻpchiligi neft konida ishlaydi. Janubiy Olamushukda 2 ta umumiy taʼlim maktabi, tikuvchilik fabrikasi, musiqa maktabi, avtokorxona, madaniy-maishiy xizmat kombinati, savdo shoxobchalari, fizioterapiya sanatoriysi bor. Oʻrta osiyolik tarixchi Narshaxiy (X asr 1-yarmi) hozirgi Janubiy Olamushuk yaqinida Koh qishlogʻi boʻlgani, uning yonida "Raboti sarhang" qabristoni borligini yozgan.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar
Turkum:Jalaquduq tumanidagi shahar tipidagi aholi punktlari