Gulchehra Mannonovna Jamilova (1946.2.7, Toshkent) – Oʻzbekiston xalq artisti (1992), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi (2026).

Hayoti Oʻzbekiston xoreografiya bilim yurtini (1964), Toshkent davlat teatr va rassomlik sanʼati institutini (1968) tugatgan. Ijodiy faoliyatini „Bahor“ davlat xalq raqs ansamblida raqqosalikdan boshlagan. 1966-yildan hozirgi Oʻzbek milliy akademik drama teatrining aktrisasi (1987—91-yillar Abror Hidoyatov nomidagi drama teatrida ishlagan). Gulchehra Jamilova ijodining boshlanish davridayoq Silviya („Veronalik ikki yigit“), Aqiqa („Qonli sarob“), kinoda Kumush („Oʻtgan kunlar“) rollarini ijro etib, begʻubor yoshlikka xos maftunkor chiroy, pokiza orzu va intilish hissiyotlariyu, mushkul qismatning fojiali tugʻyonlarini tabiiy va taʼsirchan vositalar bilan tasvirladi.

Teatrdagi eng yaxshi rollari: Feruza („Mirzo Ulugʻbek“), Gulsanam („Abu Rayhon Beruniy“), Ozoda („Imon“), Shakuntala („Yoʻqolgan uzuk“), Gulchehra („Koʻrmayin bosdim tikonni“), Kamola („Gang daryosining qizi“), Jamila („Boy ila xizmatchi“), Zebunniso („Zebunniso“), Dezdemona („Otello“), Oysara („Alla“), Nodirabegim („Figʻon“), Bibixonim („Sohibqiron“) va boshqalar. Aktrisa kinoda ham bir qancha rollar ijro etgan: Gulchehra („Qalbingda quyosh“), Giri („Nur va soyalar“), Manzura („Shiddat“), Gulnora („Ehtiros qurbonlari“), Malkane („Sevgi afsonasi“), Oftoboyim („Oʻtgan kunlar“) kabilar shular jumlasidan. Shuningdek, videofilmlar (Aziza, „Imon“; Xadicha, „Soʻnggi oʻq“; Manzura, „Shaytanat“), telefilmlar (Zulayho, „Toʻlqinlar“; Farida, „Kunda izgʻirin“ va boshqalar)da ham qismati, tabiati, yoshi bir-biriga oʻxshamagan badiiy obrazlar olamini yaratdiOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash toʻgʻrisida.

Filmografiyasi +YilNomiObrazIzoh2023Abdulla OripovXanifa Mustafoyeva, Abdulla Oripovning rafiqasining keksalik davriBosh rol2006Haqiqiy erkaklar oviShohidaning onasi

Manbalar

Turkum:Oʻzbekistonlik dublyaj ustalari Turkum:Toshkent sanʼat instituti bitiruvchilari