Yer tarkibi — davlat yer fondining xalq xoʻjaligi tarmoqlari oʻrtasidagi taqsimoti, yer turlarining nisbati, salmogʻi va maydon koʻrsatkichlari boʻyicha maʼlumotlar yigʻindisi. Oʻzbekiston Respublikasining yaxlit yer fondi qanday maqsadda foydalanishiga qarab quyidagilarga boʻlinadi: qishloq xoʻjaligi yerlari; aholi punktlari yerlari (shaharlar, shaharchalar, qishloq aholi punktlari yerlari); sanoat, transport, aloqa va b.ning yerlari; tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish, rekreatsion va tarixiy-madaniy maqsadlarga moʻljallangan yerlar; oʻrmon fondi yerlari, suv fondi yerlari, zaxira yerlar. Qishloq xo'jaligi ehtiyojlari uchun berib qoʻyilgan yoki ana shu maqsadlarga atab ajratilgan yerlar qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar deb hisoblanadi. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar