Doʻstobod — Oʻzbekiston Respublikasi Toshkent viloyatidagi shahar (1983-yildan). Quyi Chirchiq tumani markazi. 1996-yilgacha Soldatskiy qishlogʻi. Angren daryosi Sirdaryoga quyilish joyiga yaqin yerda joylashgan. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Kuchlukkacha 38 km. Doʻstoboddan Toshkentgacha boʻlgan masofa 66 km. Aholisi 26,8 ming kishidan iborat (2025), asosan oʻzbeklar, shuningdek, qozoq, koreys, rus, tojik va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Doʻstobodda 3 ta sanoat korxonasi, 2 ta qurilish idorasi, 3 ta umumiy taʼlim maktabi, 20 dan ziyod maʼmuriy, davlat tashkilotlari, 40 dan ortiq xususiy korxona, 1 ta qoʻshma korxona, 300 oʻrinli kasalxona, poliklinika, madaniyat uyi, madaniyat va istirohat bogʻi, sport majmui mavjud."" OʻzME. D-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil Rasmlar to`plami

Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston shaharlari Turkum:Quyi Chirchiq tumani