Nu'monbek Dolimovich Dolimov (1906-yil, 2-yanvar. - Toshkent - 1977-yil, 7-oktyabr) - geograf olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1970). Toshkent kechki pedagogika institutini tugatgan (1940). Geografiya fanlari nomzodi (1944), dotsent (1945). Oʻrta Osiyo davlat universiteti (keyinroq Toshkent Davlat Universiteti deb atalgan) geografiya fakulteti dekani (1945—68). Ilmiy faoliyati Oʻzbekiston tabiatini oʻrganishga, lugʻatlar, tabiiy geografiyadan darsliklar, oʻquv geografik haritalari, atlaslar yaratishga bagʻishlangan. Oʻquv adabiyotlarini oʻzbek tiliga tarjima qilishda qatnashgan.

Manbalar Geografik terminlarning qisqacha ruscha-oʻzbekcha lugʻati, T., 1953; Oʻzbekiston geografiyasi, T., 1962 (hammuallif); Oʻzbekiston tabiiy geografiyasi, T., 1986 (hammuallif).

Adabiyot OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Turkum:Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arboblari Turkum:1906-yilda tugʻilganlar Turkum:1977-yilda vafot etganlar Turkum:1-fevralda tugʻilganlar Turkum:10-iyulda vafot etganlar