Naum Abramovich Goldman (1896.23.7, Kiyev - 1981.19.2, Toshkent) — dirijyor, pedagog. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1943). Toshkentdagi rus opera va balet teatrida bosh dirijyor (1941—1946), Na-voiy nomidagi opera va balet teatrida dirijyor (1943—1967), Toshkent konservatoriyasining oʻqituvchisi (1941—1981). Repertuaridan chet el, rus va Oʻzbekiston kompozitorlarining asarlari oʻrin olgan. "Ivan Susanin" (M. Glinka, 1942), "Yevgeniy Onegin" (P. Chaykovskiy, 1948), "Tohir va Zuhra" (T. Jalilov va B. Brovsin, 1949), "Boris Godunov" (M. Musorgskiy, 1953, 1965), "Boʻronda" (T. Xrennikov, 1954), "Ulugʻbek" (A. Kozlovskiy, 1958), "Toska" (J. Puchchini, 1955, 1963) va b. operalarning sahnalashtiruvchi dirijyoriOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Manbalar
Turkum:Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arboblari Turkum:1896-yilda tugʻilganlar Turkum:1981-yilda vafot etganlar Turkum:19-fevralda vafot etganlar
Turkum:1941-yilda tugʻilganlar Turkum:1946-yilda vafot etganlar