Gerhart Hauptmann (1862.15.11, Oberzalsbrunn — 1946-yil, 6-iyun, Agnetendorf) — nemis yozuvchisi. Nemis adabiyotida naturalizmnk boshlovchilardan. Ilk ijodida ijtimoiy tanqid, biologiya qonuniyatlarini mutlaqlashtirish ("Kun chiqish oldidan", 1889; "Roza Bernd", 1903; "Kun botish oldidan", 1932, dramalar) sezilarli darajada boʻlsa, keyinroq ramziy ("Choʻkkan qoʻngʻiroq", 1896, drama-ertak), tasavvufga moyil boʻlgan. "Toʻqimachilar" (1892) dramasi Sileziya toʻqimachilari qoʻzgʻoloni haqida. "Qishki ballada" (1917), "Xaloskor Beliy" (1920), "Indipodi" (1920) dramalari, "Buyuk Ona orol" (1924), "Yoshlik davrim sarguzashtlari" (1937) va b. romanlar muallifi. Nobel mukofoti laureata (1912)OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Manbalar
Turkum:Alifbo boʻyicha shoirlar Turkum:Adiblar Turkum:1862-yilda tugʻilganlar Turkum:15-noyabrda tugʻilganlar Turkum:1946-yilda vafot etganlar Turkum:6-iyunda vafot etganlar Turkum:Germaniyalik Nobel mukofoti sovrindorlari