Vokalizatsiya — unli tovushlarda kuylash; vokal musiqaning asosiy badiiy (ifodaviy) usullaridan. Soʻz boʻgʻinini ikki va undan ortiq tovushlarda kuylash V. ning eng oddiy xilidir. Boshidan oxirigacha biron-bir soʻzning boʻgʻinlari kuylanadigan asarlar ham uchraydi. Mas., "Alliluyya" (V. Motsart), "Madhiya" (M. Glinkaning "Ivan Susanin" operasi epilogida). V. xalq (xususan oʻzbek) musiqa ijodida ham mavjud. (k,. Hang).
Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil