Vlasova Nina Aleksandrovna (1930-yil, 5-may, Voronej viloyati, RF) – biolog-botanik. Oʻzbekiston FA Akademik (2000), biologiya fanlari d-ri (1975). Oʻrta Osiyo universitetining biologiya-tuproqshunoslik fakultetini tamomlagan (1951). Oʻzbekiston FA Oʻsimliklar eksperimental biologiyasi institutida ilmiy xodim, katta ilmiy xodim (1957-82), paxta tolasining rivojlanish biologiyasi laboratoriyasi rahbari (1982—95). Ilmiy ishlari seleksiya maqsadlarida turli genomli guza navlarini embriologik, sitologik va anatomik tadqiq etish, chigitda tola va tuklarning hosil boʻlishi va rivojlanishi masalalariga bagʻishlangan.
Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Turkum:1930-yilda tugʻilganlar