Richard Willstätter () (1872.13.8, Karlsrue — 1942.3.8, Lokarno, Shveysariya) — nemis kimyogari va biokimyogari. Syurix oliy texnika maktabi (1905—12), Berlindagi kayzer Vilgelm kimyo instituti (1912-15), Myunxen universiteti (1916-25) professor Asosiy ishlari tropin, atropin, kokain alkaloidlari, qon pigmentlari va xlorofillning kimyoviy tuzilishini oʻrganishga bagʻishlangan. Vanilin boʻyoqlari va oʻsimlik pigmentlari (antotsianlar va flavonlar)ni tekshirgan. Fermentlar kimyosiga katta hissa qoʻshgan, katalitik gidrogenizatsiya, fotosintez va sellyulozaning parchalanish jarayonlarini oʻrganish borasida tadqiqotlar oʻtkazgan. 1915-yili Nobel mukofoti laureati boʻldiNobel mukofoti sovrindorlariOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar

Turkum:Alifbo boʻyicha olimlar Turkum:1872-yilda tugʻilganlar Turkum:1942-yilda vafot etganlar Turkum:13-avgustda tugʻilganlar Turkum:3-avgustda vafot etganlar Turkum:Germaniyalik Nobel mukofoti sovrindorlari