Verona — Italiyaning shimoli-sharqidagi shahar, Venetsiya viloyatida. Alp togʻlari etagida, Adije daryosi boʻyida. Verona provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 260 mingdan ziyod kishi (1990-yillar oʻrtalari). Venesiyadan Milanga va Padana tekisligidan Avstriyaga Brenner dovoni orqali oʻtiladigan muhim transport yoʻllari tuguni. Metallurgiya, mashinasozlik, kimyo, poligrafiya, toʻqimachilik, poyabzal, yogʻochsozlik, qogʻoz, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Veronada xalqaro qishloq xoʻjaligi yarmarkalari boʻlib turadi. Industrial institut, universitet, muzeylar, sanʼat galereyasi bor.
Verona – qadimgi shahar. Miloddan avvalgi 89-yildan Rim koloniyasi, 489-yildan ostgotlar qirolining qarorgohi. 1837-yildan Milanga, 1405-yilda Venetsiyaga qoʻshib olingan. 1797-yildan Avstriya tarkibiga, 1866-yildan Italiya qirolligi tarkibiga kirgan. Veronada Qad. Rim meʼmoriy yodgorliklari, oʻrta asrda qurilgan binolar, Uygʻonish davriga oid saroylar, klassik uslubda qurilgan shahar boshqarmasi (ratusha) binosi va boshqa saqlangan.
Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Turkum:Alfavit boʻyicha butun jahon yodgorliklari Turkum:Alifbo boʻyicha aholi punktlari Turkum:Italiya shaharlari