Velikaya — RF Pskov viloyatidagi daryo. Bejanitsi qirlaridan boshlanadi, delta hosil qilib Chud-Pskov koʻliga quyiladi. Uzunligi 430 km, havzasining mayd. 25,2 ming km. Asosiy irmoklari: Issa, Sinyaya, Utroya (chapda), Sorot, Chere-xa, Pskova (oʻngda). Oʻrtacha yillik suv sarfi Pyatonovo qishlogʻi yonida 134 m3/ sek. V. noyabrdan aprel boshigacha muzlab yotadi. Quyilish yeridan V.da yogʻoch oqiziladi. 40 km masofada kema qatnaydi. V. sohilida Ostrov, Pskov va Opochka sh.lari joylashgan.

Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Turkum:Rossiyadagi daryolar