Isaak Yakovlevich Valdenberg (1906.11. 10, Ukraina - 1965. 3.4, Toshkent) — teatr rassomi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1964). Kiyev rassomlik institutini tugatgan (1930). 1938-yildan Toshkentda. D. V. Ushakov bilan ijodiy hamkorlikda ishlab, Toshkent teatrlari uchun dekoratsiya va libos chizgilari yaratgan: Hamza teatrining "Otello" va "Yuliy Sezar" (1941, 1959) spektakllariga sahna bezaklari chizgilari, "Qonli sarob" (1964), "Sarvqomat dilbarim" (1964) spektakllari, Gorkiy nomidagi rus drama teatrining "Jorj Danden" (1957), "Hammom" (1957) spektakllariga dekoratsiya va libos chizgilari va b. V. ijodi teatr rassomligi rivojida dekoratsiya va liboslardagi naturalistik holatlarga barham berishda muhim rol oʻynadiOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar

Turkum:Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arboblari Turkum:1906-yilda tugʻilganlar Turkum:1965-yilda vafot etganlar Turkum:Toshkentdagi Botkin qabristoniga dafn etilganlar Turkum:Oʻzbekistonlik rassomlar