Abduraim Ahmadiy (1927.20.12, Qashqar shahri) — uygʻur xonandasi. O‘zbekiston SSR xalq artisti (1989). Urumchi shahri Uygʻur musiqali drama teatri (1946-1947), Gʻulja shahri teatri (1947-1949), Chuchak shahri teatri (1950-1961), Urumchidagi Sinszyan-uygʻur muxtor rayoni filarmoniyasi (1950-1961), Olmaota shahridagi Uygʻur teatri (1961-1971), Oʻzbekiston radiosi qoshidagi Uygʻur ansambli (1971-1986), Oʻzbek davlat filarmoniyasi (1986-1990)da xonanda. Repertuaridan asosan uygʻur xalq qoʻshiqlari (masalan, „Yoru“, „Doday“, „Senga xushtor“), sanamlar, Qashqar va Dulon maqomlari, shu bilan birga zamonaviy bastakorlarning asarlari oʻrin olganOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar

Turkum:Oʻzbekistonlik erkak qoʻshiqchilar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar