Ahmad baxshi Matnazar oʻgʻli (1891-yil, Xorazm — 1937-yil, Mangʻit qishlogʻi, Amudaryo tumani, Qoraqalpogʻiston ASSR, SSSR) — oʻzbek xalq dostonchisi. Xorazm dostonchilik maktabi vakili. Suyav baxshining shogirdi, oʻzi ham shogirdlar yetishtirgan. Xorazm „Goʻroʻgʻli“ turkumi, „Oshiq Gʻarib“, „Sayodxon va Hamro“ dostonlarini kuylab kelgan. Nashr etilgan „Qirq ming“ dostoni undan yozib olingan.
Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Turkum:1891-yilda tugʻilganlar Turkum:Xorazmda tugʻilganlar Turkum:1937-yilda tugʻilganlar Turkum:Amudaryo tumanida vafot etganlar Turkum:Oʻzbekiston xalq dostonchilari