Ateroma (yun. athera – boʻtqa) – yumshoq, elastik, yuzasi silliq teriga yopishgan ogʻriqsiz tuzilma, xavfsiz oʻsma; yogʻ bezi chiqish yoʻlining bekilib qolishidan paydo boʻladi. Boshning sochli qismi, yuz, tashqi jinsiy a’zolarda kuzatiladi, koʻpincha yakka holda, ba’zan koʻp boʻladi. Jarrohlik yoʻli bilan davolanadi.
Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil