Asar (arab. — iz, biror narsadan qolgan,biror narsa haqida darak beruvchi).

Biror narsadan qolgan yoki undan darak beruvchi belgi; nishon, iz; Muhammad (sav) dan qolgan barcha sunnatlar; Olim, yozuvchi, rassom, bastakor va boshqa ijodining mahsuli. Unda ijodkorning maqsad va fikri muayyan tarzda gavdalanadi (mas, ilmiy A., adabiy A., musiqa, rasm, haykal va hokazo). Musiqa asari — kompozitor yoki bastakor tomonidan yaratilgan musiqiy kompozitsiya.

Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil