Anoa (Anoa depressicornis), pakana buyvol — yovvoyi qoramolning bir turi. Juft tuyoqlilar turkumiga mansub. Faqat Sulavesi o.idagi tekislik va togʻ oʻrmonlarida yashaydi. Anoa shoxlari toʻgʻri, qisqa, buyvolga oʻxshab ketadi, lekin undan kichikroq; gavdasining uzunligi 1,7 metr, boʻyi 1 metr, rangi toʻq qoʻngʻir, boshi, boʻyni va oyoqlarida oq dogʻlari bor. Ilgari goʻshti, terisi uchun ovlangan. Soni keskin kamayib ketganligi tufayli Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan. thumb|left|228px|Voyaga yetgan anoa va buzoq Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Źródło i licencja
Na podstawie: Wikipedia — Anoa · historia autorów.
Tekst: CC BY-SA 4.0.
Informacja o opracowaniu
Usunięto składnię wiki i szablony; dłuższe teksty skrócono.