Angren gres, Angren issiqlik elektr stansiyasi — Oʻzbekiston energetika tizimidagi yirik inshoot. Angren shahri yaqinida 1957-1963 yillarda qurilgan. Stansiyada har birining quvvati 60,5 MVt boʻlgan 8 turboagregat bor. Oʻrnatilgan quvvati 484 MVt. Asosiy yoqilgʻisi — Angren koʻmir konidan qazib olinadigan qoʻngʻir koʻmir. GRES Ohangaron daryosidan suv bilan taʼminlanadi, Olmaliq — Ohangaron sanoat zonasiga hamda Toshkent viloyatidagi xoʻjaliklar va sanoat korxonalariga elektr energiyasi yetkazib beradi. Oʻzbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirgʻiziston va Qozogʻistonning janubidagi viloyatlarini birlashtirgan Oʻrta Osiyo Birlashgan energetika sistemasiga ulangan.

Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Turkum:Oʻzbekiston issiqlik elektr stansiyalari Turkum:Angren Turkum:Oʻzbekenergo