Odiljon Akbarov (1933-yil 23-avgust Baliqchi tumani) – Xalq oʻqituvchisi (1983). „Oʻzbekiston hunar-texnika taʼlimi aʼlochisi“ (1969). 1951-yil Andijon shahridagi 10-hunar bilim yurtini, 1955-yil Toshkent industrial texnikumini, 1971-yil sirtdan Andijon pedagogika institutini tugatgan. 1955-yildan Andijon shahridagi 10-hunar-texnika bilim yurtida ishlab chiqarish taʼlimi boʻyicha usta, 1971-1996 yillarda Andijon mashinasozlik litseyida maxsus fanlar boʻyicha oʻqituvchi. Akbarov boshchilik qilgan chizmachilik kabineti respublikadagi eng namunali kabinet hisoblangan. Ekranlashtirilgan bu kabinetda turli xil koʻrgazmali qurollar, didaktik materiallar oʻrnatilgan"Akbarov Odiljon" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Manbalar
Turkum:Oʻzbekiston Respublikasining xalq oʻqituvchilari Turkum:1933-yilda tugʻilganlar Turkum:23-avgustda vafot etganlar Turkum:Baliqchi tumanida tugʻilganlar