Asad Vahobovich Azimov (1927.6.10, Andijon — 1995.23.11, Toshkent) — opera xonandasi (lirik tenor). Oʻzbekiston SSR xalq artisti (1978). Abduvahob Azimovning oʻgʻli. Moskva konservatoriyasini tugatgan (1953). Muqimiy teatri (1941–1943), Uygʻur musiqali drama teatri (1943–1946), Andijon teatri (1946–1947)da artist. Navoiy teatri solisti (1953-1985). 1966—1970-yillar Toshkent konservatoriyasi, 1960—1966 va yana 1970-yildan Toshkent sanʼat instituti vokal kafedrasida oʻqituvchi, kafedra mudiri (1975–1986). Oʻzbek, rus va Gʻarbiy Yevropa kompozitorlarining operalarida 50 ga yaqin asosiy partiyalarni (baʼzilarini Oʻzbekistonda ilk marotaba) ijro etgan: Tohir (T. Jalilov, B. Brovsin, „Tohir va Zuhra“), Furqat (M. Ashrafiy, „Shoir qalbi“), Yoʻlchi (R. Hamroyev, „Zulmatdan ziyo“), Nodir (J. Vize, „Marvarid qidiruvchilar“) va boshqalar. Ovozi noziq, lirik talqin ustasi. Konsert repertuarida oʻzbek, tojik, rus va boshqa xalqlar qoʻshiqlari borOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar

Turkum:Oʻzbekistonlik qoʻshiqchilar Turkum:SSSR oʻqituvchilari Turkum:Oʻzbekiston oʻqituvchilari Turkum:Moskva konservatoriyasi bitiruvchilari Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar