Abdurashid Xoʻjayevich Abdugʻafurov — (15-yanvar 1931-yil, Toshkent) — adabiyotshunos va matnshunos. Taʼlimi Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi (1999), filologiya fanlari doktori (1970), professor (1979). Oʻrta Osiyo davlat universitetining filologiya fakultetini tamomlagan (1951). Faoliyati Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutida katta ilmiy xodim, yetakchi ilmiy xodim, bosh ilmiy xodim (1958—1976-yillar; 1981—1992-yillar), boʻlim mudiri (1992-yildan) lavozimlarida faoliyat yuritgan. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Prezidiumi qoshidagi Chet tillar kafedrasi mudiri (1977—1981-yillar) boʻlib ham ishlagan. Asarlari Abdurashid Abdugʻafurovning oʻzbek mumtoz adabiyotining muhim ilmiy-amaliy masalalariga bagʻishlangan „Oʻzbek demokratik adabiyotida satira“ (1961), „Navoiy satirasi“ (1-jild, 1966), „Navoiy ijodida satira“ (2-jild, 1972), „Zokirjon Furqat“ (1977) kabi yirik monografiyalari ham bor. Muqimiy, Zavqiy, Kamiy, Bobur, Mashrab kabi qator ijodkorlar asarlarini nashrga tayyorlagan. Shuningdek uning „Qalb qaʼridagi qadriyatlar“ (1999-yil) va „Muhammad Rizo Ogahiy“ (1999-yil) kabi asarlari ham mavjud.
Mukofotlari Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofoti laureati (1992) boʻlgan.
Adabiyotlar .
Manbalar
Turkum:Adabiyotshunoslar Turkum:1931-yilda tugʻilganlar