Abdullaxon (XVII asr) – Sharqiy Turkiston xoni (1638—1670). 1638-yil Yorkent taxtiga oʻtirgan. Abdullaxonning xonlik davri qirgʻiz va qalmoqlarga qarshi urushlar va oʻzaro nizolarni bostirish bilan oʻtgan. Oʻzaro kurash natijasida Abdullaxon yurtini tashlab, Makkaga ketishga majbur boʻlgan. Makkadan qaytishida Hindistonda vafot etgan. Manbalar

Turkum:Shaxsiyatlar Turkum:Shaxsiyatlar loyihasi maqolalari Turkum:Shaxsiyatlar haqidagi chala maqolalar