Boshqariladigan kapitalizm nazariyasi — iqtisodiyotni, jumladan kapitalistik xoʻjalik yuritish tizimini davlat yoʻli bilan boshqarishni asoslaydigan nazariya. 1929—33 yillarda AQShda roʻy bergan Buyuk tanglik — iqtisodiy inqiroz va kapitalizmning aralash iqtisodiyotga oʻsib oʻtishi jarayoni Boshqariladigan kapitalizm nazariyasi n.ni vujudga keltirdi. Bu nazariyaning asoschisi ingliz iqtisodchisi J. M. Keyns hisoblanadi (qarang Keynschilik).

Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil