Boychechak () – piyozdoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻt. Boʻyi 7—20 sm. Ildiz boʻgʻzi bargi bitta, ipsimon, yashil, tuksiz, uzunligi oʻsimlikning boʻyiga teng keladi. Poya barglari navbat bilan joylashgan, pastkilari qalami yoki qalaminashtarsimon, poyani bir oz oʻrab turadi. Gulqoʻrgʻoni 6 ta, oddiy tojsimon, tutashmagan, sargʻish, 5–7 mm uzunlikdagi gulbarglardan tashkil topgan. Changchisi 6 ta, gulqoʻrgʻoniga nisbatan sal qisqa. Tugunchasi 3 uyali. Koʻsakchasi bandchali, gulqoʻrgʻondan 1,5 baravar qisqa. Boychechak bahor darakchilaridan biri. Fev.—mart oylarida gullab, meva beradi. Choʻl va adirlarning soz tuproq, qumloq hamda toshloq tuprokli yerlarida oʻsadi. Boychechak Afgʻoniston va Eronda ham uchraydi. Oʻzbekistonning ayrim joylarida zaʼfaron () va savrinjon ()ni ham boychechak deb atashadi.
Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Turkum:Bir pallali oʻsimliklar