Bobo sangu (XIV asr) —Amir Temurpirlaridan biri. Andxud shahridan. 1381-yil fevralda Amir Temur Xurosonga qilgan birinchi yurishida uni ziyorat qilgan. Shunda Bobo sangu jazava holatida Sohibqironning oyogʻi ostiga qoʻyning toʻshini tashlagan. Amir Temur bundan "Xuroson yer yuzining toʻshidur, bizga tangri uni bergusidir", deb xulosa chiqargan.
Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Turkum:Kishilar Turkum:Tarixiy shaxslar